Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod hokimi harbiy qism askarlari va zobitlar bilan uchrashdi

Nurobod tumanida joylashgan 36184-son harbiy qism hamda tuman axlq ta’limi muassasalaridagi yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida harbiy qismga tashrif buyurgan o‘quvchi-yoshlar harbiylar hayoti, ularning turmush tarzi, qurol-yarog‘lari hamda harbiy texnikalar bilan tanishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi F.Zoirov, "Vatanparvar" tashkiloti tuman o‘quv sport-texnika klubi boshlig‘i H.Qobulov harbiy xizmatni o‘tayotgan askar va zobitlarni yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi harbiy qism kutubxonasini yangi adabiyotlar bilan boyitishga ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Harbiy qismda xizmat o‘tayotgan askarlar o‘zlarining ma’naviy-marifiy hamda jangovar chiqishlarini namoyish etdi.

Tadbir so‘nggida bir guruh askar va zobitlar tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.