Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda ma’danli suv bilan davolash muassasasi ochildi

Tumanda yangi barpo etilgan “Nurbuloq ma’danli suv bilan davolash sihatgohi” foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi F.Zoirov ishtirok etib, sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning rolini oshirish, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yaxshi samara berayotganligini ta’kidladi.

160 o‘ringa mo‘ljallangan xususiy davolash sihatgohi qurilishiga 6 milliard so‘mdan ortiqroq mablag‘ sarflandi.

Ma’danli suv bilan davolashga mo‘ljallangan sihatgoh rahbari F.Omonovaning so‘zlariga ko‘ra, muassasa ishga tushishi bilan 40 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kelajakda tibbiy xizmatlar ko‘lamini orttirish evaziga yana qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.