Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nyu-Yorkda Urgut somsasi va "Siyob bozori" do‘koni

AQShning Nyu-York shahrida o‘zbekistonliklar ochgan do‘konlar, oshxona va restoranlar haqida AmerikaOvozi lavha tayyorladi.

U yerda tandir somsa, osh, manti kabi mazali o‘zbek taomlari tayyorlanar ekan.

Yana Samarqanddagi qadim Siyob bozori nomi bilan ataladigan oziq-ovqat do‘konida issiq non, Xorazm guruchlari, palov uchun sariq sabzi, novvot, quruq mevalar, qo‘y va mol go‘shtidan tortib, til va tuyoqlargacha topish mumkin ekan.