Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Oltin qalam" milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov ham qoldirildi

Har yili shu vaqtda allaqachon jurnalistlar uchun o‘tkaziladigan «Oltin qalam» tanlovi e’lon qilinar edi. Joriy yilda undan negadir xabar bo‘lmadi.
Ushbu savolga O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimovning javob berishicha, "Koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatimizda karantin joriy etilishi munosabati bilan "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov o‘tkazilishini e’lon qilish to‘xtatib turilibdi".
Qachon bu tanlov bo‘lishi haqida esa hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
«Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha yangilik bo‘lishi bilan biz jurnalistika.uz va uyushmaning sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilamiz», dedi Xolmurod Salimov.