Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo tumanida yana bir davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlandi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufida 7-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimiga tuman hokimi F.Abilov, hokim o‘rinbosari M.Saidmurodov, keksa ota-onaxonlar, mahalla ahli hamda bolajonlar ishtirok etdi.

Bolalar bog‘chasi zamonaviy tipda bo‘lib, 150 o‘rindan iborat. Ta’mirdan so‘ng bog‘chada 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.
Muassasada rus tili, ingliz tili mashg‘ulotlari o‘tish uchun barcha qulayliklar hamda bolalarni sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalashda sport maydonlari ularni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash uchun sharoitlar yaratilgan.

Oqdaryo tumanida maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufida 26 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud, Undan tashqari 1 ta Davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud. Kelgusida joriy yilning iyul oyida yana 4 ta Davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim muassasasi ochilishi rejalashtirilmoqda. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tumanda hozirgi kunda 43 ta.

Tuman tasarrufidagi barcha davlat, nodavlat va sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalari qamrov bo‘yicha 30 foizni tashkil etadi. Yil yakunlari bo‘yicha qamrov 40 foizni tashkil etilishi rejalashtirilgan.