Kattaqo‘rg‘onda 4 mlrd. so‘mga yangi bog‘cha qurildi
- 22.11.2022 18:21
- 80
- Ta’lim

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
120 o‘rinli 2 qavatdan iborat bog‘cha qurilishiga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.
- Avvalgi bog‘cha binosi 1969 yilda qurilgan bo‘lib, ancha eskirib qolgan edi, - dedi 20-DMTT direktori Manzura Ibragimova. – Mana bugun bolajonlar uchun zamonaviy shart-sharoitlarga ega bog‘cha ochildi. Bog‘chamizda ingliz tili, boks to‘garaklari mavjud. Shuningdek, bog‘chada sportzal, ovqatlanish xonasi, mashg‘ulotlar xonasi bo‘lib, 120 nafar bolaga 10 nafar tarbiyachi xizmat qiladi.
Teglar:
MTM
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bloger bo‘lmoqchiman!
- 2 soat avval
- Jamiyat
Taqdirmi yo tantiqlikning to‘lovi?
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Tramp va Putin: Alyaskadagi uchrashuv qanday o‘tdi?
- 16/08, 12:59
- Xorij