Oqdaryolik o‘quvchi “Yosh kitobxon” tanlovining hal qiluvchi bosqichi g‘olibi bo‘ldi
- 23.11.2019 21:27
- 701
- Samarqand
Oqdaryo tumandagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Gulsanam Abdulakimova O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilgan 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasidagi "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichida 2-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning maqsadi qadimiy va betakror zaminimizda yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, yoshlarni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan.
Mamlakat OChILOVA.
Teglar:
Yosh kitobxon
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ilm-ma’rifat bor joyda taraqqiyot bo‘ladi
- 10 daqiqa avval
- Samarqand
Zo‘ravonlik yoki erkaklar bilan kim ishlaydi?
- Kecha, 17:19
- Jamiyat