Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘qishga kira olmaganlar qo‘shimcha kontrakt uchun ertadan murojaat qilishlari mumkin

DTMning xabar berishicha, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019 yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020 yil 26 sentyabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlari mumkin.