Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oyshirin onaning orzusi ro‘yobga chiqdi

Joriy yilning 12 sentyabr kuni viloyat hokimining Payariq tumanida o‘tkazgan sayyor qabulida Juvozxona mahallasida yashovchi Oyshirin ona Bo‘riyeva mahalladagi 2 kilometr yo‘lni asfaltlash va toza ichimlik suvidagi muammolar bo‘yicha murojaat qilgan edi.

Onaxonning murojaati  viloyat va tuman rahbarlari tomonidan joyida o‘rganildi va amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Tuman hokimi D.Musinovning nazorati ostida suv tarmog‘i tortish ishlari bajarilib, hozirda 2 kilometr tuproq yo‘lga shag‘al-tosh to‘kildi hamda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

- Bu o‘zgarishlardan 40-50 yillik orzuim ro‘yobga chiqdi. Xayrli ishlarda bosh bo‘lib turgan barcha mutasaddi rahbarlarga, murojaatimni inobatga olgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga mahallamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiramiz, - deydi Oyshirin ona.