Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi MDH davlatlarining eng yaxshi muzeylaridan biri nomiga loyiq ko‘rildi

Reyting, muassasalarning ommabopligi va muzey bo‘ylab taqdim etilgan vertual ekskursiyalar asosida tuzildi.

Tur Stat portali taqdim etgan reyting quyidagicha ko‘rinishga ega:

1. Tretyakov galereyasi;
2. Sankt-Peterburgdagi Rus muzeyi;
4. Minsk shahridagi Belarus Respublikasining badiiy muzeyi;
5. Olma-Ota shahridagi Qozog‘iston Respublikasining Abilxan nomidagi davlat san’at muzeyi;
6. Boku shahridagi Ozarbayjon milliy san’at muzeyi;
7. Yerevan shahridagi Armaniston milliy galereyasi;
8. Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi;
9. Kishinyov shahridagi Moldova milliy san’at muzeyi;
10. Bishkek shahridagi Gapar nomidagi Qirg‘iziston milliy rassomchilik muzeyi.

Ayni vaqtda koronavirus tarqalishi xavfi tufayli ko‘plab muzey, teatr va san’at saroylari yopiq. Biroq bu holat san’at asarlaridan bahramand bo‘lishdan voz kechish uchun sabab bo‘la olmaydi. Onlayn namoyishlar orqali san’at asarlaridan bahramand bo‘lish imkoniyati mavjudligicha qolmoqda.