Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgdagi shifoxonada vafot etdi

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) bergan ma’lumotga ko‘ra, 22 sentyabr kuni Mariya shifoxonasida o‘zbekistonlik S.S.  vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u 21 sentyabr kuni Furshtat ko‘chasida jarohatlangan holda topilgan va shifoxonaga joylashtirilgan edi.

Ayni paytda tergov tadbirlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.