Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda 3 ta yangi bolalar bog‘chasi qurildi

Joriy yilning bugungi sanasiga qadar Past Darg‘om tumanida 15 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi hamda ta’mirlanishi uchun 9,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Jumladan, tumanning Shombuloq mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 39-, Istiqbol mahallasidagi 41-, Tozqulton mahallasida joylashgan 61-maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 8 milliard 602 million so‘m mablag‘ hisobiga bugungi kun talablariga javob beradigan, zamonaviy binolar bunyod etildi. 

Shuningdek, tumandagi 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining tom qismi, eshik va derazalari almashtiriladi, binolar atrofi to‘siq devorlar bilin o‘raladi.

Bu kabi joriy ta’mirlash ishlari uchun 995 million so‘m sarflanadi.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.