Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda dorivor o‘simlik moyi ishlab chiqarilmoqda

Tumanning Do‘stlik massivi Kimyogarlar mahallasida “Fortuna Urgut Medikal” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 800 million so‘mlik dorivor o‘simlik moyi ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Natijada 13 fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.

Shuningdek, ushbu jamiyat 2020 yilda qiymati 16,3 million AQSh dollari bo‘lgan dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirishni rejalashtirgan.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, yiliga 34,4 milliard so‘mlik 4,1 million dona dori-darmon vositalari ishlab chiqariladi.

Bahriddin Xonkeldiyev.