Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda tergov jarayonida yana bir jinoyat fosh etildi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha, 2020 yil 17 yanvar kuni taxminan soat 13:00 larda, Samarqand viloyati Payariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyida o‘tkazilgan tintuv jarayonida mato bo‘lagiga o‘ralgan holatda 16,4 gramm opiy (ko‘knor) giyohvandlik vositasi hamda yotoqxonadagi sandiqning ichidan tegishli hisobga qo‘yilmagan, ekspertiza xulosasiga ko‘ra, otish uchun yaroqli bo‘lgan 1 dona “MS-20” rusumli qo‘sh otar qurol va uning 3 dona o‘qlarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyovandlik vositalari o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) va 248-moddasi 1-qismi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.