Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda tomorqasida “ko‘knori” ekkan fuqaro ushlandi

2020 yilning 28 aprel kuni soat 11:20 da Samarqand viloyat IIB xodimlari tomonidan Kattasaydov MFYda yashovchi B.Z.ning yashash xonadoni tomorqasi ko‘zdan kechirilganida, uyning tomorqa qismida 2 kvadrat metr yer maydonida 108 tup «ko‘knori» giyohvandlik o‘simligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.Z. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.

B.Z. o‘z ko‘rsatmalarida ushbu taqiqlangan ekinni «bronxial astma» kasalligi borligi uchun bir necha yildan buyon o‘zining iste’moliga atab ekib, parvarishlab kelganini bayon qilgan.