Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pora bilan qo‘lga olingan shaxs Samarqand veterinariya meditsinasi instituti xodimi emas

Bugun, 3 iyul kuni Zarnews.uz saytida e’lon qilingan “O‘qishga kiritib qo‘yaman” degan yana bir shaxs qo‘lga olindi” maqolasi berildi.

Unda keltirilishicha, o‘zini Samarqand veterinariya meditsinasi instituti o‘qituvchisi, deb tanishtirgan shaxs ushbu institutning veterinariya texnik muhandisi fakultetiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, evaziga fuqarodan 5000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan paytda huquqni himoya qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Xabarda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilinadi.

Qo‘lga olingan shaxs, ya’ni J.H. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti o‘qituvchisi emas. J.H. 2019 yilning 19 avgustida institut rektorining 431-K-sonli buyrug‘iga ko‘ra, farmakologiya, toksikologiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va gigiyena ekspertizasi kafedrasi laborantligidan ozod etilgan. Hozirda SamVMIda faoliyat yuritmaydi.

Shuningdek, ma’lumotda keltirilgan veterinariya texnik muhandisi fakulteti institutda umuman mavjud emas.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti axborot xizmati.