Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Pozitiv” finalda bellashadi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Unda Buxoro viloyatining “Element”, Surxondaryo viloyatining “Boysun”, Qashqadaryo viloyatining “Yangi yulduzlar” hamda viloyatimizning “Pozitiv” jamoalari o‘zaro bellashib, vakillarimiz yetakchi o‘rinni egallagan edi.

Bugungi kunga qadar respublikamizning barcha hududlarida saralash bosqichlari yakunlanib, QVZning final bosqichida bellashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, Samarqand shahridagi 21-umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan iborat “Pozitiv” jamoasi finalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax hamda Toshkent viloyatlarining iqtidorli o‘quvchilaridan iborat QVZ jamoalari bilan o‘zaro bellashadigan bo‘ldi.

Final bosqichida “Pozitiv”chilarimizga omad kulib boqishini tilaymiz.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.