Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pul almashadimi? Markaziy bank xodimi aniqlik kiritdi

Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 16 yanvardagi qarori bilan Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Inflyasiyaning pasayayotgan prognoz trendiga to‘liqroq ishonch hosil qilish uchun ma’lum muddat zarurligi hamda tartibga solinadigan narxlarning oshirilishi bo‘yicha ayrim noaniqliklarning mavjudligiga izoh berildi.

photo5260396942968597586.jpg

Uchrashuvda berilgan pul almashishi bilan bog‘liq savolga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov shunday javob berdi, deb yozmoqda O‘zA.

– Keyingi kunlarda bu savol atrofida ko‘plab mulohazalar aytilmoqda. Ammo pulni almashtirish borasida hech qanday reja yo‘q. Yaqin orada bunday tadbirlar ko‘rilmaydi. Qayta aytishim mumkin, bu masalada o‘ylab ham ko‘rilgan emas. Agarda bunday reja bo‘lsa, aholini va OAV vakillarini xabardor qilgan bo‘lardik. Agarda shaxsiy fikrim bilan qiziqadigan bo‘lsalaringiz, bu dollarni arzonlashtirish bilan bog‘liq choralar, xolos, – dedi Ilhom Norqulov.

photo5260396942968597589.jpg