Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qarshida 24 yoshli ayol 10 kunlik chaqalog‘ini sotishga urindi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining xabar qilishicha, 15 iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va Qarshi shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkaziladi.

Tadbir davomida Qarshi tumanida yashovchi 24 yoshli ayol 28 yoshli tanishi bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zi dunyoga keltirgan 10 kunlik chaqaloq o‘g‘lini “Qarshi” temir yo‘l vokzali oldida joylashgan avtobuslar to‘xtash joyida 1 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Holat yuzasidan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.