Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qaysi tashkilotda qancha korrupsiya bilan bog‘liq holat aniqlangan?

Bu haqda viloyat prokurori F.Zufarov xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida aytib o‘tgan.

Qayd etilganidek, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2019 yilning olti oyi davomida mansabdor shaxslarning korrupsion jinoyatlari bilan bog‘liq 53 ta jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilgan. Bu ishlar yuzasidan 29 nafar shaxs ayblanib jinoyat ishlari ayblov xulosasi bilan sudlarga yuborilgan.

Mazkur jinoyatlar oqibatida jami 22 mlrd. 222 mln. 485 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov davomida zararning 22 mlrd. 191 mln. 685 ming so‘mi undirilishi ta’minlangan.

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat miqyosida bank, ichki ishlar idoralari, oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimlarida 6 nafardan, xalq ta’limi tizmida 5 nafar, soliq, advokatura va sog‘liqni saqlash tizimlarida 2 nafardan, majburiy ijro byurosi, ma’muriy sud, maktabgacha ta’lim tizimidan 1 nafardan shaxslar tomonidan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan.