Dekan o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi hamda prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekan o‘rinbosarining jinoiy xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.

Ma’lumotga ko‘ra, dekan o‘rinbosari Samarqand tumanida yashovchi I.O. ismli fuqaroni Janubiy Koreyaning Yodju texnika instituti Samarqand filialiga 6000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, kelishilgan pulning 1000 dollarini oldindan oladi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida I.O. 4800 AQSh dollarini fuqarodan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Ayni paytda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.