Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘iziston -Tojikiston chegarasida otishma ro‘y berdi

Kecha, 16 sentyabr kuni Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida otishma yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida bir nafar qirg‘iz chegarachisi halok bo‘lgan, olti nafar askar yaralangan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, tojik tomoni birinchi bo‘lib qirg‘iz chegara postiga qarata o‘t ochib, otishmani boshlagan. Qirg‘iz chegarachilari bunga javoban Tojikiston hududini o‘qqa tutgan. Ayni paytga kelib otishma to‘xtatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 14 sentyabr kuni Laylak tumanidagi qirg‘iz-tojik chegarasining qayd qilinmagan uchastkasida Tojikiston fuqarolari ruxsatsiz qurilish ishlarini boshlagan. Qirg‘iz tomoni esa buni to‘xtatishni talab etgan. Shundan so‘ng mojaro kelib chiqqan.