Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda asossiz bo‘shatilgan kutubxonachi ishga tiklandi

Joriy yilning 12 noyabr kuni Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limiga Pichot mahallasi, Obodsoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sarvinoz Samatova murojaat qildi.

Uning ma’lum qilishicha, tuman axborot-kutubxona markazi o‘rtasida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi noqonuniy bekor qilingan.

Murojaatni o‘rganish davomida fuqaro S.Samatova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2020 yil 2 mart kuni bekor qilinganligi aniqlandi. Mehnat shartnomasini bekor qilishda Mehnat kodeksining 100, 102-moddalari talablari buzilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, tuman axborot-kutubxona markaziga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi. Natijada markazning 2020 yil 10 dekabrdagi 42-sonli buyrug‘iga asosan S.Samatova axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamchi mutaxassisi vazifasiga ishga tiklandi.

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi.