Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda bir qator ommabop ijtimoiy tarmoqlar to‘sib qo‘yildi

Kecha, 9 may kuni Qozog‘istonda bir qator ommabop ijtimoiy tarmoqlar to‘sib qo‘yildi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Internet-provayderlar Facebook, Instagram, YouTube, kabi ijtimoiy tarmoqlar bilan birga bir nechta xabar tarqatadigan portallarni ham to‘sib qo‘ygan.

Provayderlar Telegram ijtimoiy tarmoqni ham to‘sishga urinishgan. Ammo, buning uddasidan chiqa olishmagan.

Shuningdek, Twitter va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlari ham uzilishlar bilan ishlagan.

Provayderlar mamlakatdagi ommabop ijtimoiy tarmoqlar bilan birga  - rus.azattyq.org, exclusive.kz, vlast.kz, holanews.kz saytlari bilan birgalikda "Ak jayik" va "Uralskaya nedelya" kabi mahalliy nashrlarning saytlarini ham to‘sib qo‘yishgan.

Bu cheklovlar Qozog‘istonda oxirgi paytlarda ro‘y berayotgan tartibsizliklar tufayli qilindi. Jumladan, mamlakat prokuraturasi ruxsat olinmagan namoyishlar qatnashchilariga qonun doirasida chora ko‘rilishi haqida ogohlantirganiga qaramay 9 may kuni ham mamlakatning bir nechta shahrida aktivistlarning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi va ulardan bir necha kishi qo‘lga olingani aytilmoqda.