Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qurbon Hayiti namozining vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Qurbon hayiti namozi Toshkent shahrida shu yil 11 avgust kuni, ertalabki soat 05:45 da o‘qiladi. Qolgan hududlarda taqvim kitoblaridagi hududlarda namoz vaqtlaridagi tafovutni inobatga olgan holda ado etiladi, deya ma’lum qildi  «Azon.uz».

Samarqand viloyatida joylashgan jome masjidlarida shu kuni Qurbon hayiti namozi soat 6.00 da o‘qiladi.