Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiya Oyga fazogirlarni jo‘natishga tayyorgarlik boshladi

“Roskosmos” astronavtlarni Oyga jo‘natish uchun zarur bo‘lgan tadqiqotlarni o‘tkazish uchun tender e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti davlat xaridlari portaliga tayanib xabar berdi.

Davlat korporatsiyasi Oyga uchish muammolarini o‘rganish uchun, fazogirlarni Oy orbitasiga va yo‘ldoshning o‘ziga xavfsiz yetib borishi va faoliyat olib borishini ta’minlaydigan, asosiy unsur va texnologiyalarni yaratish uchun 373.4 million rubl ajratishga tayyor.

Shu bilan birga, ijrochidan Oyni o‘rganish va tadqiq qilish uchun belgilangan dastur ham kutiladi.

Bundan tashqari, Rossiya Oy dasturi uch bosqichdan iborat bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Ularga “Vilazka”, “Forpost” va “Baza” nomlari berilgan.

15 iyul kuni AQSh Milliy kosmik agentligi rahbari Jeyms Braydenstayn, NASA, mamlakat xalqaro kosmik stansiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha, shu jumladan Rossiya ham, Oyga insonning qaytishi AQSh dasturi ustida ishlash tarafdori ekanligini ta’kidlagan edi.

Undan oldin AQSh prezidenti Donald Tramp NASAdan 2024 yilgacha qanday bo‘lmasin amerikaliklarni Yer yo‘ldoshiga jo‘natishni talab qilgan edi. AQSh vitse – prezidenti Mayk Pens so‘zlariga ko‘ra, “bu hozirgi ma’muriyatning e’lon qilingan dasturi. Oydagi birinchi ayol va keyingi erkak amerikaliklar bo‘lishadi, ularni Amerika raketalari Oyga yetkazishadi” – ta’kidladi u.