Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada 9 may paradlaridan birida "fashist"ni panjaraga tiqib omma oldidan olib o‘tishdi

Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida, 9 may kuni bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradida "fashist"ni aravaga o‘rnatilgan panjaraga tiqib omma oldidan olib o‘tishdi.

Parad tashkilotchilarining bu ishi parad tomoshabinlari va keng jamoatchilik tomonidan noxush kutib olindi. Panjaraga tiqilgan "fashist" omma oldidan olib o‘tilayotgandayoq ko‘pchilik "bu ish ham fashistlik", senlarni ham fashistlardan farqing yo‘q" kabi xitoblar bilan qichqirishgan. Voqea qisqa muddatda ijtimoiy tarmoqlarda ham yoritildi va bu ish ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham qattiq qoralandi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining fikrlariga ko‘ra, bu ish ham fashistik xatti-harakatdir.

Shu bilan birga parad tashkilotchilarining bu ishini olqishlab kutib olganlar ham bo‘ldi.

Panjarada o‘tirgan "fashist" rolini Nijniy Tigil shahridagi mahalliy teatrning aktyorlari o‘ynab berishgan.

Teatr direktori Ruslan Marchevskiyning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda ham uning teatrida ishlayotgan aktyorlar "fashist" rolida panjaraga tiqilgan holda omma oldidan olib o‘tilgan va o‘shanda ham ko‘pchilik bu ishga o‘z noroziligini bildirgan edi. Ammo, Marchevskiy bu ishda bir xatolik ko‘rmaydi va "nemis-fashist"lar bunday jazoga loyiqdirlar.