Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyani gazlashtirish uchun zarur mablag‘ hozirgacha topilgan emas

Hududlarni gaz bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqayotgan mansabdorlar uchun moliyalashtirish manbalarini topish asosiy muammoligicha qolmoqda. Bu haqda "Izvestiya" ma’lum qiladi.

Avvalroq Rossiya energetika vazirligi mamlakatni gazlashtirish bo‘yicha ijtimoiy konsepsiya ishlab chiqqanligini e’lon qilgan edi. Uning doirasida aholini gaz tarmoqlariga ulash muddatini ikki baravar qisqartirish, shuningdek, odamlarni ulanish to‘lovlaridan imkon qadar ozod qilish rejalashtirilgan. Mahkama “Gazprom” asosida har bir sub’yektda gazlashtirishning yagona operatorini joriy etishni taklif qildi. Prezident Vladimir Putinning may oyida bergan topshirig‘iga binoan dastur 2021 yil 1 yanvargacha taqdim etilishi kerak.

Uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan taxminan 1 trillion rubl esa hanuz topilganicha yo‘q. Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra,  ushbu summa zarur bo‘lgan umumiy mablag‘ning yarmiga to‘g‘ri keladi, xolos. Ma’lumotlarga ko‘ra, moliyalashtirishning turli variantlari ko‘rib chiqilmoqda. "Gazprom" mablag‘laridan tashqari, gaz taqsimlagich tarmoqlararo gaz transportirokasi tarifi uchun ustama va muddatsiz obligatsiyalarni chiqarish qo‘shimcha manba sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, gazga aksiz solig‘i kiritish va ulgurji narxlarni tezkor indeksatsiyalashni joriy etish taklif etildi. Ammo bu fikrlar ma’qullanmadi. Bu energiya narxining oshishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblashadi energiya manbalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar. Rossiyani gazlashtirish loyihasining muhokamasi bugun, 26 noyabr kuni hukumat yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.