Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Salla, desa, kallani olasizmi, o‘rtoq Xudoyqulov? Past Darg‘om tumani gaz ta’minoti idorasi rahbari diqqatiga!

Juma shahridagi Ipak yo‘li ko‘chasida 150 metr uzunlikdagi tabiiy gaz quvuri tashlandiq yerdagi ariq ichidan o‘tgan. Bu yerda bo‘lgan tahlilda tuman hokimi gaz idorasi boshlig‘iga ushbu quvurlarni yer ustidan, hech kimga xalaqit bermaydigan tarzda o‘tkazish topshirig‘ini bergan.

Lekin 4 aprel kuni gazchilar ariqdan o‘tuvchi quvurni kesib ketishadi. 40 ta xonadon tabiiy gazdan uziladi. Tahririyat xodimi gaz idorasi rahbari Iskandar Xudoyqulovga hozirgi sharoitda aholini ortiqcha urintirmaslik zarurligini tushuntirdi. Boshliq ikki soat ichida quvurni tepadan ulab berishini aytdi.

Mana, bugun 7 aprel, lekin ish bajarilmadi. Nima, Past Darg‘om tumani gazchilari sallani olib kel, desa, kallani olib kelib o‘rganganmi? Ular 40 ta xonadonda yashovchilar o‘rniga o‘zlarini qo‘ya olishadimi?