Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri va tumani chegaralari o‘zgartirilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida” qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar (“Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi – 253,7 gektar) yer maydoni Samarqand viloyatining Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumanining ma’muriy hududi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan tavsiflar va grafik chizmalari asosida 1-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror bajarilishi bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Qaror loyihasining muhokamasi 3 oktyabr sanasigacha davom etadi.

Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.