Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan xonadon egasi MIB tomonidan taqdirlandi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan to‘lov intizomi past bo‘lgan xonadon hamda mahallalarda targ‘ibot ishlari olib bormoqda. Mazkur tadbirlar davomida aholiga har bir iste’mol qilinayotgan tabiiy resurslarimiz hamda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun belgilangan to‘lovlar vaqtida amalga oshirilishi muhim ekani, agarda bunga mas’uliyatsizlik bilan e’tibor berilmasa qarzdorlik oshib xonadon tarmoqdan uzib qo‘yilishi alohida ta’kidlanmoqda.

Quvonarli jihati, iste’molchilar orasida mazkur to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirayotgan fuqarolarimizning soni tobora oshib bormoqda. Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelayotgan namunali iste’molchilarni taqdirlash tadbirlari o‘tkazib kelmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand shahrining “Do‘stlik”, “Hunarmandlar”, “Beshchinor”, “Geologlar”, “Tadbirkorlar”, “Humo”, “Sayhun”, “Hamid Olimjon” kabi mahallalarida fuqarolar elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab, to‘lov intizomiga rioya etib kelayotganliklari bois bu mahalla raislariga Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Iste’molchilar orasida mazkur to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirayotgan fuqarolarimizning soni tobora oshib bormoqda. Shaharning “Furqat” mahallasida istiqomat qiluvchi Alisher Uzoqov tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suvi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida oyma-oy to‘lab borishi aniqlandi.

Iste’molchi Alisher Uzoqov to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirganligi munosabati bilan, eng namunali iste’molchi sifatida Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, kommunal xizmatlar qadri bemisl. Shuning uchun ularga o‘z vaqtida to‘lov qilib borish shart. Shundagina turmushimiz yanada farovon, hayotimiz to‘kis bo‘laveradi. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.          

Majburiy ijro byurosi

Samarqand viloyat boshqarmasi.