Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati xotin-qizlari yetakchisi maktabga kitob sovg‘a qildi

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova o‘zi tahsil olgan Jomboy tumanidagi 16-umumta’lim maktabiga 50 dan ortiq kitob sovg‘a qildi.

Tuman hokimligi vakillari, ta’lim muassasasi pedagoglari, faxriy ustozlar, Ko‘kgumbaz mahallasi faollari hamda o‘quvchilar ishtirok etgan uchrashuvda G.Alimova, faxriy o‘qituvchi A.Xo‘rozov va boshqalar mutolaa madaniyati xususida to‘xtalib, kitob – inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalit ekanligini ta’kidladi. Bilimlar manbai bilan oshno tutingan odam kam bo‘lmasligi, ma’naviyati yuksak bo‘lishini e’tirof etishdi.

Tadbirda maktab qoshidagi “Qizlarjon” klubi a’zolari tomonidan she’rlar o‘qildi.