Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 35 nafar fuqaro karantindan chiqdi

Samarqand viloyatida karantinda bo‘lgan fuqarolar soni 4 ming 477 nafarni tashkil qilmoqda.

Bugun – 30 mart kuni 35 nafar fuqaroda 14 kunlik karantin nazorati tugadi. Ular laboratoriya test sinamalaridan qayta o‘tkazilganda, fuqarolarning barchasidan olingan test natijalari manfiy javobni ko‘rsatdi. Shu bois bu shaxslar statsionar sharoitidan uy sharoitiga o‘tkazilib, yana 10 kunlik karantin sharoitida kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga qadar viloyatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi. Shuningdek, viloyatimizda epidemiologik surushtiruv hamda koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish uchun zarur profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.