Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda harbiylarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

Markaziy  harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar topshirildi.

Unda markaziy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Aybek Saidov, harbiy qism komandirlari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda Samarqand (27 ta), Jizzax (15 ta) hamda Navoiy (22 ta) viloyatlarida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan ofitser, serjant va oddiy askarlarning farzandlariga okrug hisobida 64 ta imtiyozli tavsiyanomalar berildi.

Tadbir so‘nggida bo‘lajak talabalarga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tilab, Vatanimizga sodiq insonlar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2018 yilda respublika bo‘yicha jami 565 nafar harbiy xizmatchining farzandlariga tavsiyanomalar berilgan bo‘lib, ularning 280 nafari talabalikka qabul qilingan edi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.