Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2021 yil 6 yanvar kuni Bulung‘ur tumani Sohibkor mahallasida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyasiya instansiyasining ajrimi bilan tayinlangan jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan A.J.ning yashash xonadoni probatsiya inspektori A.Toshmurodov tomonidan tekshirilganda, ma’muriy nazorat qoidalarini buzib, soat 21:00 dan so‘ng yashash uyida yo‘qligi va ko‘chada spirtli ichimliklar iste’mol qilib yurganligi aniqlangan.

A.J. ushbu holatni rasmiylashtirmaslik va jazoni almashtirish uchun sudga hujjatlarini qaytarib yubormaslik evaziga probatsiya guruhi inspektoriga 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.