Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda “soxta abituriyentlar”ga chora ko‘rildi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida 2020 yil 3 sentyabr kuni yakuniga oid ma’lumot berildi.

Respublikadagi 65 ta ob’yektda (48 ta stadion va 17 ta xiyobonda) test sinovlari 1-smenada soat 08:00 da boshlanib, 11:00 da tugadi va 2-smenada 17:00 da boshlanib, 20:00 da yakunlandi.

Namangan viloyatida ob-havo tufayli 2-smenada imtihon soat 18:30 da boshlanib, 21:30 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 919 nafar abituriyentdan 112 103 nafari (95,1 %) qatnashdi.

6 nafar abituriyentning tana harorati 37 gradusdan yuqori bo‘lganligi sababli, ularga ishtirok etishga ruxsat berilmadi.

Jami 5 695 nafar abituriyent test sinoviga kelmadi.

40 nafar abituriyent hududga kirish joyida: 28 nafari telefon, 3 nafari shpargalka, 9 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgani uchun chetlatildi.

➖ 75 nafar abituriyent imtihon jarayonida:

➖ 62 nafari telefon va elektron qurilmalar;

➖ 7 nafari shpargalka;

➖ 4 nafari test materiallarini olib chiqib ketishga harakat qilgani;

➖ 2 nafari boshqa shaxsning o‘rniga kirgani uchun chetlatildi.

Namangan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan 6 nafar “soxta abituriyentlar” jarayondan chetlatilib, Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Test sinovlarini o‘tkazish jarayonida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermadi.