Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi «Eng chiroyli bezatilgan bino» aniqlandi

Har yili Yangi yil bayrami arafasida Samarqand shahridagi binolar ko‘rinishini yangi dizaynda, bayramona qilib bezatish bo‘yicha ko‘rik-tanlov tashkil etiladi. Tanlovda binolar fasadi rango-rang yoritkichlar, eshik va derazalariga qorbobo va qorqiz rasmlari chizilib, hududidagi daraxt va archa shoxlari bayramona o‘yinchoqlar bilan bezatiladi.

Viloyat hokimligi hamda turizmni rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda tashkil etgan joriy yilgi tanlovning «Eng yaxshi yangi yil bezagi» nominatsiyasi bo‘yicha turistik infratuzilma binosini aniqladi. Unga Samarqand shahridagi «Manresa» restorani jamoasi loyiq deb topildi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Nurullayev tomonidan restoran direktori A.Azimovga «Eng yaxshi bezatilgan bino» sertifikati topshirildi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.