Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtiriladi

Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy-metodik kengashning xulosasiga muvofiq, 2 nafar malakali o‘qituvchining ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtiriladigan bo‘ldi.

Jumladan, Toyloq tumanidagi 8-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Zulfiya Jalilovaning “O‘quvchilarning xalqaro CEFR baholash tizimida B1 va B2 darajasini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritishlari uchun amaliy tavsiyalar” nomli metodik qo‘llanmasi hamda Jomboy tumanidagi 46-maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Bahora Murtazayevaning “Chet tili fani o‘qituvchilari uchun qo‘llanma” nomli ilg‘or ish tajribalari respublika miqyosida ommalashtiriladi.

Qo‘llanmalar xalq ta’limi tizimida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishda o‘quvchi va fan o‘qituvchilari uchun muhim manba hisoblanadi.

O‘qituvchilarning muvaffaqiyati viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan e’tirof etilib, rag‘batlantirildi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.