Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDU talabasi Yaponiyadagi “Katta dubulg‘a” turnirida kumush medal sohibi bo‘ldi

Joriy yilning 22-24 noyabr kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkazilgan sportning dzyudo turi bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetining 4-bosqich talabasi Davlat Bobonov -90 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyati bilan D.Bobonov Olimpiada reytingi uchun zarur bo‘lgan 700 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

SamDU axborot xizmati.