Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sayyor qabul: O‘qituvchi yaratgan “Universal o‘quv doska” ommalashadigan bo‘ldi

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand shahrida viloyat hokimi tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabulda nafaqat shahar aholisi, balki viloyatning chekka hududlaridan ham murojaatchilar kelmoqda.

- Oliy toifali matematika fani o‘qituvchisiman,  - deydi qo‘shrabotlik Qobil Musayev. – O‘quvchilar uchun “Universal o‘quv doska” yaratganman. Respublika miqyosida o‘tkazilgan bir nechta tanlov va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdim. 2008 yilgacha 200 ga yaqin shunday doskalar maktablarga ommalashtirildi. Keyingi paytlarda bunga e’tibor susaydi.

Hokim murojaat yuzasidan o‘quv doskasining qulayliklarini diqqat bilan tingladi va mutasaddilarga uning respublika maktablarida ommalashtirish uchun zarur choralar ko‘rilishi bo‘yicha topshiriq berdi. Birinchi navbatda, viloyatdagi ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktablari uchun 50 ta doskaga buyurtma berilishini ta’kidladi.

To‘lqin SIDDIQOV.