Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Sherdor»ga omad boqmadi

Bugun futbol bo‘yicha Pro-liga jamoalari o‘rtasida chempionat o‘yinlariga start berildi.

«A» guruhidan o‘rin olgan Samarqandning «Sherdor» jamoasi o‘z maydonida Muborakning «Mash’al» jamoasini qabul qildi.

«Dinamo» o‘yingohida o‘yin oldidan mavsum boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir va konsert dasturi namoyish etildi.

Murosasiz kechgan bahsda futbolchilarimiz «Mash’al» jamoasiga  0-1 hisobda yutqazib qo‘ydi.