Futbol. Osiyo kubogi U-23: Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Vetnamga qarshi maydonga tushadi

Ayni kunlarda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham qatnashmoqda.

Bugun vakillarimiz guruh bosqich doirasidagi so‘nggi bahsda Vetnamga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da "Khalifa International" stadionida start oladi. Bahsni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Kuvaytga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 6 taga yetkazgan holda chorak final yo‘llanmasini ham naqd qildi. Bugungi o‘yin guruhda birinchi o‘rinni egallaydigan jamoani aniqlab beradi.