Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Singapur – O‘zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi

Jahon chempionati-2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini safarda Singapurga qarshi o‘tkazadi.

Bugun, 15 oktyabr kuni milliy jamoamiz Singapurdagi "Milliy stadion"da mazkur yurt bosh jamoasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:45da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur o‘yinni xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Shen Yinhao. Unga qanotlarda hamyurtlari – Song Siangyun hamda Jang Cheng yordam beradi. Zaxira hakami – Jang Ley. Nazoratchi - Ala Al Abadi (Iroq). Komissar - Kanya Keomani (Laos).

"D" guruhi

15 oktyabr | 16:45

"Singapur Milliy stadioni".