Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik sport faxriylari yodga olindi va e’zozlandi

Samarqand shahridagi sport yakka kurashi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sport faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi. Shuningdek, tadbirda  Jahon va Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan yosh sportchilar ham ishtirok etdi.

– Ustozlik sharafini o‘zim hozirda ustoz bo‘lganimda his etmoqdaman, – deydi Osiyo o‘yinlari chempioni Mo‘minjon Abdullayevning ustozi Sharof Mo‘minov. – Bugungi tadbirda ham sport sohasida doim maslahat beradigan va qo‘llab-quvvatlab kelayotgan faxriy ustozlarim Yo‘ldosh Iskanov va Rabbim Tashanovlar bilan ko‘rishdik, sport tadbirlaridagi qiziqarli voqealarni esladik.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

Husan Eltoyev.