Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etildi

“Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etiladi.

Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilandi:

- qishloq xo‘jaligida innovatsion resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;

- o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida sohaga oid innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli hamda resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilmilarni aks ettirish;

- o‘quv va boshqaruv jarayonini tashkil va nazorat qilishda axborot tizimlarini joriy qilish, talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun masofaviy o‘qitish shaklini tatbiq etish orqali qulay shart-sharoitlar yaratish;

- kredit -modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etish borasida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini me’yorlashtirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha ishlarning bajarilishini rag‘batlantirib borish va boshqalar.

Shuningdek, filialda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) amalga oshiriladi.

Bu haqda “Yangi O‘zbekiston”da xabar berildi.