Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent prokuraturasi taniqli dizayner o‘limi bilan bog‘liq tarqalgan videorolik uchun uzr so‘radi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlarda Toshkent shahar prokuraturasining «Telegram» kanaliga havola berilgan holda kuni kecha o‘ldirib ketilgan dizayner Narimon Grigoryanning murdasi aks etgan videorolik suratlar bilan tarqaldi va keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi.

Toshkent shahar prokuraturasi tarqalgan videorolik yuzasidan bayonot berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, “Instagram”, “Facebook” tarmoqlari hamda “Telegram” kanallariga joylashtirilgan ish o‘rganuvchilarni jinoyat sodir bo‘lgan voqea joyiga olib chiqib o‘qitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik ichki xizmatda foydalanish uchun tayyorlangan bo‘lib, rasmiy kanalga joylashtirish uchun tayyorlangan boshqa 4 ta material bilan birgalikda operator xatosi bilan yuklangan.

Shu sababli Toshkent shahar prokuraturasi zudlik bilan ushbu videorolikni rasmiy kanaldan olib tashlash choralarini ko‘rgan va fuqarolardan mazkur holat uchun uzr so‘ragan.