Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda mashina o‘g‘irlaganlar ushlandi

Toshkentda “Mazda-3” avtomobilini o‘g‘irlashda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Mashinani muqaddam bir necha marta sudlangan 27 yoshli Albert N. hamda muqaddam sudlangan 26 yoshli Denis Sh. o‘g‘irlab tashlab ketgani aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB Yunusobod tumanida Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlashga aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni qidiruvga bergani xabar qilingan edi.