Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloq tumanidagi mahallalarga “Mahalla” gazetasi nega bormayapti?

Toyloq tumanidagi korxona-tashkilot va muassasalarda bo‘lib, ular tomonidan obuna bo‘lingan davriy nashrlarning nashr tarqatuvchi tashkilotlar tomonidan yetkazib berish ahvoli bilan tanishdik.

Tumandagi Toyloq pedagogika kollejiga haftaning  chorshanba va shanba kunlari  va 24-umumta’lim maktabiga haftaning juma kunlari gazeta “Matbuot uyushmasi” tomonidan yetkazib beriladi. Qishloq xo‘jaligi bo‘limi “Samarqand nur ekspress” tashkiloti tomonidan “Qo‘shchinor”, “Zarafshon”, “Xalq so‘zi”  gazetalari va “Fermer” jurnaliga obuna bo‘lgan. Ammo “Samarqand nur ekspress” faqatgina ushbu tashkilotning emas, balki fermerlarning ham obunasini Pochta xizmati orqali haftada bir bor bo‘limga tashlab ketadi. Demak, fermer xo‘jaliklarga nashrlarni tarqatish o‘z-o‘zidan qishloq xo‘jaligi bo‘limi zimmasiga yuklanadi.

Tumandagi Sariosiyo va Bog‘izag‘on mahallalariga faqatgina “Qo‘shchinor” tuman gazetasi yetkaziladi. Ammo Sariosiyo mahallasi raisining aytishicha,  “Mahalla” gazetasiga ham yillik obuna bo‘lingan,  yilning ikkinchi oyida ham ushbu gazeta nashri mahallaga yetib kelmagan.