Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tramp Rossiyaning G8 ga qaytishiga qarshiligi yo‘qligini bildirdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiyani dunyoning yetakchi davlatlari yettiligi guruhiga (G7) qaytishiga va mazkur guruh faoliyatini G8 (dunyoning yetakchi davlatlari 8 taligi) formatida davom etishiga e’tirozi yo‘qligini ta’kidladi.

“Mening fikrimcha, Rossiyani yonimizda bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘lardi”, - dedi Amerika yetakchisi. U shuningdek shunday taklif bo‘lsa qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi. 

Shu bilan birga Tramp, Rossiya G8 guruhidan AQSh prezidenti Barak Obama davrida chiqarilganligini, chunki Vladimir Putin undan “ayyorroq chiqdi” deb to‘xtalib o‘tdi.

Oldinroq Rossiya yetakchisi Fransiya prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida “Katta yettilik” davlatlari bilan har qanday aloqa foydali ekanligini va G8 formatini yangilanishi ehtimolini ham ta’kidlagan edi. 

Jurnalistlarning, ikki davlat yetakchilari muhokamasi vaqtida G7 ni G8 formatiga o‘tishi imkoniyatlari haqida muhokama olib borilishi rejalashtirilganligi haqida aniqlashtiruvchi savoliga, Putinning aytishicha, bu masalani Rossiya “o‘z oldiga nishon” qilib quymagan.

Rossiyani 2014 yil Qrim va Ukrainada bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng yetti yetakchi davlatlar uchrashuvlariga taklif qilmay quyishgandi.