Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Transport boshqarmasi tanqidga munosabat bildirdi

Saytimizda “Ishtixon tumanida talab darajasida transport xizmati ko‘rsatilayaptimi?” sarlahali maqola e’lon qilingan edi.

Unga transport boshqarmasining Feysbukdagi sahifasida shunday munosabat bildirilibdi (tahrirsiz):

“Siz ko‘tarib chiqqan bu masala haqiqatan ham dolzarb masala bo‘lib, bunday holatlar faqatgina Ishtixon tumanida emas, balki viloyatning boshqa tumanlarida ham mavjud.

Tumanlar, mahalla va qishloqlardagi aholining yo‘lovchi transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida har-bir tumanda tuman hokimliklari bilan birgalikda Viloyat transport boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashilib ushbu ya’ni, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanishlari tavsiya etilmoqda. Bundan tashqari tumanlarda tashkil etilgan yo‘nalishlarni tashuvchilarga biriktirish va ushbu yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni yo‘lga qo‘yish borasida har oy ommaviy-axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lonlar berib borilmoqda.

Lekin, noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalarining ko‘pligi, yo‘lovchilar oqimining nisbatan kamligi, mahalla, qishloq yo‘llarining ta’mirtalab ahvoldaligi sababli tadbirkorlar tomonidan lizing yoki kredit asosida transport vositalarini olib ushbu yo‘nalishlarda ishlash xarajatlarni qoplamaydi degan xulosalar berilmoqda va ular tomonidan tender tanlovlariga ishtirok etib, yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatish masalasi hozirgacha ochiq qolmoqda”.

Bundan avval boshqarma boshlig‘i imzosi bilan quyidagicha javob xati olgandik: